10 nafar hokim yordamchisiga chora ko‘rildi

10 nafar hokim yordamchisiga chora ko‘rildi

Biznes-ombudsman devoni tomonidan tadbirkorlar murojaatlarining o‘z vaqtida ko‘rib chiqilishi tahlil qilinganda ayrim mansabdorlar tomonidan muddatlar buzilayotgani aniqlandi.

Xususan, Vazirlar Mahkamasining 373-son qaroriga ko‘ra, hokim yordamchisi tadbirkorning kredit olish bo‘yicha arizasini ko‘rib chiqib, uning faoliyati va imkoniyatlarini o‘rganishi, fotohisobot va joylashuv xaritasini ilova qilgan holda 5 kun ichida Yagona elektron platformaga tavsiya yoki rad xulosasini kiritishi shart.

Biroq, ba’zi hokim yordamchilari tomonidan mazkur talab o‘z vaqtida bajarilmagani sababli ayrim tadbirkorlarning murojaatlari o‘z muddatlarida ko‘rib chiqilmadi.

Jumladan, Namangan viloyatidagi 10 nafar hokim yordamchilari tomonidan 80 dan ortiq ana shunday qonunbuzilish holatlariga yo‘l qo‘yilgani aniqlandi. Misol uchun, Uchqo‘rg‘on tumanida faoliyat yurituvchi “Kelajak-M” MCHJ (nomi o‘zgartirilgan) rahbarining kredit ajratish haqida Yagona elektron platforma orqali yo‘llagan arizasi belgilangan muddat 31 kunga buzilgan holda ko‘rib chiqilgan. Mazkur holatlar sabab mansabdorlarga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnomalar rasmiylashtirilib, tegishli choralar ko‘rildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!