10 avgustdan xorijliklarga Umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berildi

10 avgustdan xorijliklarga Umra ziyoratini amalga oshirishga ruxsat berildi

Saudiya Arabistoni Qirolligi yakshanba kuni Haj mavsumini o‘tkazgandan so‘ng, 2021 yilning 10 avgustidan boshlab butun dunyo bo‘ylab ziyoratchilar uchun umra xizmatini tiklashini e’lon qildi.

Ibodat qilish joylari COVID-19 standartlari bo‘yicha belgilangan bo‘lishi va ziyoratchilar tavof qilayotganlarida yerdagi belgilarga amal qilishlari zarur.

Qirollikka Hindiston, Pokiston, Indoneziya, Misr, Turkiya, Argentina, Braziliya, Janubiy Afrika va Livan singari to‘qqiz davlatdan tashqari barcha mamlakatlardan to‘g‘ridan-to‘g‘ri reyslar orqali kelish mumkin bo‘ladi. Sanab o‘tilgan mamlakatlardan kelayotganlar Qirolikka yetib kelgunga qadar uchinchi davlatda 14 kunlik karantindan o‘tishi lozim bo‘ladi.

Ziyoratchilar 18 va undan katta yoshda bo‘lishlari, COVID-19ga qarshi Pfizer, Moderna, AstraZeneca yoki J&J vaksinalari bilan to‘liq emlangan bo‘lishlari kerak.

Batafsil: https://www.gazeta.uz/uz/2021/07/27/umrah/?utm_source=push&utm_medium=telegram


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!