1 dekabr kuni Toshkentning ayrim ko‘chalari marafon sabab yopiladi

1 dekabr kuni Toshkentning ayrim ko‘chalari marafon sabab yopiladi

1 dekabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi tashabbusi bilan Toshkent shahri ko‘chalari bo‘ylab sog‘lomlashtirish marafoni o‘tkaziladi. 

Ushbu marafon 8-dekabr O‘zbekiston Respublikasi Konstitusiyasi qabul qilinganligining 27 yilligi munosabati bilan tashkil qilinmoqda.

Marafonda Qurolli Kuchlar akademiyasi shaxsiy tarkibi, harbiy pensionerlar va boshqa tashkilot hamda vazirliklardan kelgan mehmonlar ishtirok etadi.

Yarim marafon munosabati bilan Qurolli Kuchlar Akademiyasi – Kichik xalqa yo‘li – Taraqqiyot ko‘chasi – “Ashxobod sayilgohi” istirohat bog‘i – Mirzo Ulug‘bek shoh ko‘chasi – Parkent ko‘chasi – Qurolli Kuchlar akademiyasi yo‘nalishidagi ko‘chalar qisman yopiladi.

Marafon soat soat 10:00 da Qurolli Kuchlar akademiyasi saf maydonidan start oladi.

Unda ishtirok etish istagini bildirganlarni ushbu salomatlik marafoniga taklif etib qolamiz.

 

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!