Zelenskiy Ukraina va Rossiya o‘rtasida deyarli hech narsa qolmaganini aytdi

Zelenskiy Ukraina va Rossiya o‘rtasida deyarli hech narsa qolmaganini aytdi

Vladimir Zelenskiy Rossiya yetakchisi Vladimir Putinning Ukraina saylangan prezidenti bilan umumiy jihatlar ko‘p ekanligi haqidagi fikrlariga munosabat bildirdi. Bu haqda Daryo nashri yozmoqda.

Real holat shundan iboratki, Qrim anneksiyasi va Donbassdagi tajovuzdan so‘ng umumiy jihatlardan faqat bittasi davlat chegarasi qoldi , deya yozuv qoldirgan Zelenskiy Facebook dagi sahifasida.

Shuningdek, Zelenskiy Rossiya tomonidan Ukrainaga neft mahsulotlari eksportiga taqiq joriy etilgani, Donesk va Lugansk aholisiga Rossiya pasportlarini berishga qaror qilingani, shuningdek, ukrainaliklarni tutqunlikda saqlab turish ikki davlat o‘rtasida munosabatlarni yaxshilashga xizmat qilmasligi, bunday aloqalarni aniq birodarlik rishtalari deb bo‘lmasligini ta’kidladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!