Zelenskiy: Ukraina urushni cho‘zmoqchi emas

Zelenskiy: Ukraina urushni cho‘zmoqchi emas

Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy mamlakat hukumati ikkinchi “tinchlik sammiti”gacha mojaroni hal qilish rejasini taqdim etishga umid qilayotganini aytdi.

Ukraina jang maydonida yaradorlar va halok bo‘lganlarning ko‘pligi tufayli urushni imkon qadar tezroq tugatishga intiladi.

“Bizda ko‘p vaqt yo‘q, chunki jang maydonida yaradorlar va halok bo‘lganlar ko‘p. Shuning uchun biz bu urushning yillar davom etishini istamaymiz. Shu sabab biz ushbu tinchlik rejasini ikkinchi sammitgacha tayyorlamoqchimiz”, dedi u Yevropa kengashi rahbari Sharl Mishel bilan birga matbuot vakillari uchun o‘tkazilgan qo‘shma uchrashuvda.

Zelenskiy yaqin bir necha oy ichida tinchlik rejasi ishlab chiqilishi kerakligini qo‘shimcha qildi. Ukraina hozircha Rossiya tomoni bilan bu borada hech qanday aloqaga chiqmagan.

“Agar tinchlik rejasi yashirincha tuziladigan bo‘lsa, unda buni bizga aloqasi yo‘q. Biz buni ochiq qilmoqchimiz”, — dedi Ukraina prezidenti.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!