Zangiotada qurilgan maxsus shifoxonaning afzalliklari nimada? (FOTOJAMLANMA)

Zangiotada qurilgan maxsus shifoxonaning afzalliklari nimada? (FOTOJAMLANMA)

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 29 may kuni Toshkent viloyati Zangiota tumanida barpo etilayotgan ko‘p tarmoqli maxsus shifoxona qurilishi bilan tanishdi.

Muassasa 2 ming o‘ringa mo‘ljallangan. Lekin 4 ming o‘ringacha transformasiya qilish imkoniyati bor.

Davlatimiz rahbari qabul bo‘limi, karantin zonasi, laboratoriya va muolaja xonalari, sanitar-yuvinish joylarini sinchiklab ko‘zdan kechirdi.

Videoaloqa orqali Qoraqalpog‘iston va viloyatlardagi shifokorlar bilan muloqot bo‘ldi. Telemedisina bo‘yicha kompleks tizim yaratish, tumanlardan viloyat kasalxonalariga, undan respublika markazlariga bog‘lanish imkoniyatini yo‘lga qo‘yish, shu bilan birga, tibbiyot xodimlarini bu bo‘yicha o‘qitib, tajriba almashuvni kengaytirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

72 o‘rinli reanimasiya bo‘limida har bir koyka sun’iy o‘pka ventilyasiyasi va davolash apparatlari bilan jihozlangan. Bu bo‘limni kardiologiya, nevrologiya, pediatriya kabi turli yo‘nalishlar bo‘yicha jihozlash ham mumkin.

Jarrohlik zallariga havo tepadan beriladi va yon tomonlardan so‘riladi. Natijada doimiy sterillik ta’minlanadi.

Zangiotada qurilgan maxsus shifoxonaning afzalliklari nimada? (FOTOJAMLANMA)

Prezidentimiz mazkur muassasada ish boshlaydigan tibbiyot xodimlari bilan suhbatlashdi.

- Mana shunday yangi shifo maskanlari qurib, xususiy tibbiyotni ham rivojlantirib, raqobatli medisina yaratyapmiz. Endi shunga munosib zamonaviy vrach va hamshiralar kerak. O‘z ustingizda tinimsiz ishlab, jahondagi yutuqlarni o‘rganib, xalqimizga xizmat qilishingiz lozim, - dedi Shavkat Mirziyoyev.

Laboratoriyada virusologiya, biokimyo va immunologiya, mikrobiologiya, parazitologiya bo‘yicha eng ilg‘or apparatlar o‘rnatilgan. Masalan, amaldagi polimer zanjirli reaksiya uskunasi 5 soatda o‘rtacha 40 kishiga tashxis qo‘ysa, bu yerdagi zamonaviy jihozlar 2 soatda 90 ta namunani aniqlash imkoniyatiga ega. Ko‘rpa-to‘shak va matolar yuvilib, boshqa buyumlar bug‘  yordamida dezinfeksiya qilinadi.

Shu yerda viloyat va respublika tibbiyot muassasalari qamrovi hamda hamkorligi haqida taqdimot o‘tkazildi.

- Ko‘p shifoxonalar, diagnostika markazlari tarqoq joylashgan. Tashxis qo‘yish va davolash sifati talabga javob bermaydi. Mablag‘ esa sarflanib yotibdi. Davlatning bir so‘mi ham xalqimizga nima manfaat beryapti, degan savol har bir ishda mezon bo‘lishi kerak, - dedi Prezident.

Zangiotada qurilgan maxsus shifoxonaning afzalliklari nimada? (FOTOJAMLANMA)Zangiotada qurilgan maxsus shifoxonaning afzalliklari nimada? (FOTOJAMLANMA)Zangiotada qurilgan maxsus shifoxonaning afzalliklari nimada? (FOTOJAMLANMA)Zangiotada qurilgan maxsus shifoxonaning afzalliklari nimada? (FOTOJAMLANMA)Zangiotada qurilgan maxsus shifoxonaning afzalliklari nimada? (FOTOJAMLANMA)Zangiotada qurilgan maxsus shifoxonaning afzalliklari nimada? (FOTOJAMLANMA)Zangiotada qurilgan maxsus shifoxonaning afzalliklari nimada? (FOTOJAMLANMA)Zangiotada qurilgan maxsus shifoxonaning afzalliklari nimada? (FOTOJAMLANMA)Zangiotada qurilgan maxsus shifoxonaning afzalliklari nimada? (FOTOJAMLANMA)Zangiotada qurilgan maxsus shifoxonaning afzalliklari nimada? (FOTOJAMLANMA)

 


 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!