Yurtimizda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi?

Yurtimizda yangi yilning ilk kunida qancha chaqaloq dunyoga keldi?

2022 yilning 1 yanvar kuni, soat 17:30 holatiga ko‘ra, mamlakatimizda jami 1448 nafar chaqaloq dunyoga keldi. Yangi yilning birinchi kunida tug‘ilgan go‘daklarning 732 nafari o‘g‘il bola, 716 nafari esa qiz bola bo‘lib, eng ko‘p tug‘ilish hozircha Samarqand viloyatida (193 nafar) qayd etildi.

Shuningdek, hududlar kesimida keyingi o‘rinlarda:
🔹Qashqadaryo viloyati (146 nafar),
🔹Farg‘ona viloyati (137 nafar),
🔹Andijon viloyati (131 nafar),
🔹Namangan viloyati (123 nafar) band etdi.

Eng kam tug‘ilish esa Sirdaryo viloyati (39 nafar) hissasiga to‘g‘ri keldi.

E’tiborlisi, tug‘ilganlarning 8 nafari egizaklardir. Ayni paytda shifokorlarimiz go‘daklarning barchasiga belgilangan standartlar bo‘yicha sifatli tibbiy xizmat ko‘rsatishmoqda.

Eslatib o‘tamiz, yurtimizda davom etayotgan dam olish kunlari mamlakatimizdagi qator tibbiyot muassasalari bilan birga 238 ta tug‘ruq komplekslarida jami 3807 nafar tibbiyot xodimi, jumladan, 509 nafar akusher-ginekolog, 315 nafar neonatolog, 1159 nafar doya 1824 nafar hamshira navbatchilik asosida aholiga xizmat ko‘rsatmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistonda 2018 yilning 1 yanvar kuni 1961 nafar, 2019 yilning shu kuni 1708 nafar, 2020 yilda 1974 nafar hamda 2021 yilning ayni shu sanasida 1644 nafar chaqaloq dunyoga kelgan edi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!