Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni 117 taga oshdi

Yurtimizda koronavirusga chalinganlar soni 117 taga oshdi

🔺2020 yil 9 iyul soat 23:30 holatiga ko‘ra, O‘zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 11564 (+117) nafarni tashkil etmoqda.
 
🔴Yangi kasallanish holatlarining 49 nafari Karantin markazidagi fuqarolar (barchasi xorijdan kelgan) orasida, 42 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 15 nafari Namangan viloyatida (shundan 9 nafari koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo‘lib, karantinga olingan fuqarolar orasida, 6 nafari aholi orasida), 7 nafari Toshent viloyatida xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchilarda, 2 nafari Farg‘ona viloyatida, Surxondaryo va Buxoro viloyatida esa 1 nafardan aholi orasida aniqlangan.
 
❗️Bugun Toshkent shahridagi tibbiyot muassasalarida 203 nafar, Samarqand viloyatida 15 nafar, Namangan viloyatida 5 nafar, Buxoro viloyatida 4 nafar, jami 227 nafar bemor tuzaldi.

❗️Shunday qilib yurtimizda 7287 (+227) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar (63 foiz) sog‘aygan.
 
‼️Hozirda mamlakatimizda 4226 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo‘yicha davo choralari ko‘rilmoqda.  
 
Sog‘liqni saqlash vazirligi  
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!