Yurtimizda ilk bor “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sohiblari aniqlanmoqda

Yurtimizda ilk bor “Ibratli oila” ko‘krak nishoni sohiblari aniqlanmoqda

Vazirlar Mahkamasining «Ibratli oila» ko’krak nishoni to’g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqidagi 2023 yil 2 sentyabrdagi 437-son qaroriga muvofiq Oila va xotin-qizlar qo‘mitasida “Ibratli oila” ko‘krak nishoni Respublika komissiyasining saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

“Ibratli oila” ko‘krak nishoni bilan farovon va barqaror oilalarning hayotiy tajribalarini ommalashtirish, oila institutini mustahkamlash, oilaviy qadriyatlarni saqlash va rivojlantirishga munosib hissa qo‘shgan namunali oilalar taqdirlanadi hamda ularning hayotiy tajribalari ommalashtiriladi.

Ushbu saralash bosqichida Respublika komissiya a’zosi sifatida Savdo-sanoat palatasi vakili D.Tulyaganova ishtirok etdi.

Har bir tuman (shahar)dan belgilangan tartibda saralangan 3 tadan oilaning jami 624 ta hujjatlar jamlamasi tegishli hududiy komissiyalarning yig‘ilish qarorlari asosida elektron tarzda Oila va xotin-qizlar qo‘mitasiga taqdim etilgan. Ushbu hujjatlar nizom talablari asosida ko‘rib chiqilib, munosib deb topilgan 208 ta oila “Ibratli oila” ko‘krak nishoniga sazovor bo‘ladi.

Joriy yilning 15-may sanasiga qadar mukofotlanganlarga ko‘krak nishoni va uning guvohnomasi tantanali ravishda topshirilishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!