Yoshlar do‘stlik forumi ishtirokchilari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazida bo‘ldi

Yoshlar do‘stlik forumi ishtirokchilari Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish markazida bo‘ldi

Markaziy Osiyo yoshlarining do‘stlik forumi ishtirokchilari uchun mintaqada yagona hisoblangan Termiz arxeologiya muzeyiga ekskursiya uyushtirildi. Bu haqda «Daryo»ga Yoshlar media markazi ma’lum qildi.

Shuningdek, yoshlar Termiz tumanidagi Afg‘oniston fuqarolarini o‘qitish ta’lim markazida ham bo‘ldi. Ayni vaqtda markazda 122 nafar afg‘onistonlik ta’lim olmoqda. Ushbu tashrif afg‘onistonlik yoshlarning tengdoshlari bilan o‘zaro fikr almashishi, turli mavzularda muloqotga kirishishida ayni muddao bo‘ldi.

— Ochig‘i, bu ta’lim markazi bizni lol qoldirdi. Markazda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv xonalari, turli to‘garaklar – barchasi eng zamonaviy jihozlar bilan ta’minlangan. Afg‘onistonlik tengdoshlarimizning qilgan ishlari, yaratgan san’at asarlari esa bizni yanada hayratlantirdi. Bu ta’lim markazi mamlakatda qardosh millat vakillariga ko‘rsatilgan hurmatning yaqqol namunasidir, — deydi qozog‘istonlik Bo‘latbek Ualixan.

Tadbir ishtirokchilari uchun «Islomxo‘ja» filmining namoyishi ham tashkil etildi.

Forum doirasida Markaziy Osiyo yoshlari o‘rtasida arxitektura, ekologiya, fan va ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy-amaliy konferensiyalar tashkil etilmoqda. Anjumanlarda har bir davlat vakili o‘zi tayyorlab kelgan maxsus taqdimot bilan ishtirok etmoqda.

Manba: daryo.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!