Yong‘inlar tufayli Antalyadagi hayvonot bog‘i yopildi

Yong‘inlar tufayli Antalyadagi hayvonot bog‘i yopildi

Antalya hayvonot bog‘i va milliy bog‘i o‘rmon yong‘inlari davom etayotgani sababli 1 sentyabrgacha yopildi.

Antalya munisipalitetidan xabar qilinganidek, Turkiyaning "sayyohlik poytaxti"da yong‘in o‘chirilishi davom etmoqda. Yong‘inlar maydonining kengayishi va yangi yong‘in o‘choqlari paydo bo‘lishining oldini olish choralari ko‘rildi.

Shu munosabat bilan Turkiyadagi eng yirik hayvonot bog‘laridan birini 1 sentyabrgacha yopishga qaror qilindi, deyiladi xabarda.

Avvalroq Antalya gubernatori ma’muriyati 31 avgustgacha viloyat o‘rmonlariga kirishni taqiqlagandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!