Yo tavba! Ayol qarish o‘rniga yosharishni boshladi va o‘ziga yoshroq er topdi (foto)

Yo tavba! Ayol qarish o‘rniga yosharishni boshladi va o‘ziga yoshroq er topdi (foto)

1997 yilda Sey Senagon 75 yoshini nishonladi va shundan keyin organizmida g‘alati bir narsa sodir bo‘lganligini payqadi. Avval uning sochlari rangini o‘zgartirib, xuddi yoshligida qanday bo‘lgan bo‘lsa, shunday bo‘lib qoldi.

Biroz vaqt o‘tgach, protezlari og‘riy boshladi. Shifokorga murojaat qilgan ayol hayratga tushdi. Vaholanki, unda xuddi chaqaloqniki kabi yangi tishlar o‘sa boshlagandi. Bu hali hammasi emasdi. Yaponiyalik ayol juda tez suratlarda o‘zgardi. 75 yoshli xonimni bir necha yil o‘tgach, do‘stlari tanimay qolishdi.

Senagon xonim deyarli butun umr birga yashagan eri bilan ajrashdi va yoshroq yaponiyalik kishi bilan turmush qurdi. Bir necha yillar o‘tgach, ularning farzandi dunyoga keldi.

Ajablanarli hodisa haqidagi yangilik butun mamlakat bo‘ylab tez tarqaldi. Aksariyat insonlar bu mo‘jiza ko‘p sonli plastik jarrohlikning natijasi deya ta’kidlashdi.

Bir muncha vaqt o‘tgach gerontologlar g‘ayritabiiy hodisa bilan qiziqib qolishdi. Ko‘pgina tadqiqotlar ortidan, ayolning organizmida ma’lum bir gen paydo bo‘lgani, u faollashganidan so‘ng barcha eski hujayralari yangisi bilan almashganligi ma’lum qilindi. Genning nima sabab faollashgani esa aniqlanmadi. Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, agar yosharish jarayoni to‘xtamasa, yana 20 yildan keyin ayol chaqaloq ko‘rinishiga kelishi mumkin ekan.

Bu holat tarixda birinchi emas. Bu Lomizo Soso, Rosa Faroni va boshqalar ham bilan sodir bo‘lgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!