Yaponiyada yangi imperator taxtga o‘tirdi

Yaponiyada yangi imperator taxtga o‘tirdi

Kecha, 22 sentyabr kuni Yaponiyada imperator Naruxitoning taxtga o‘tirgani rasman e’lon qilindi. 180 dan ortiq mamlakatning amaldorlari — jami ikki ming nafar mehmon ishtirok etgan ushbu marosim Yaponiyaning qadimiy poytaxti Kiotoda bo‘lib o‘tdi va yangi imperator  o‘z burchlarini bajarishga va’da berdi.

«Men konstitusiya bo‘yicha harakat qilishga, davlat va xalq birligining ramzi sifatida o‘z burchimni bajarishga qasam ichaman. Men Yaponiya bundan keyin ham rivojlanib, xalqimizning donoligi va tinimsiz sa’y-harakatlar bilan xalqaro hamjamiyatning do‘stligi va tinchligiga, insonlarning farovonligi va ravnaqiga hissa qo‘shishiga umid qilaman», dedi 59 yoshli Naruxito, deb «Japan Times» iqtibos keltirmoqda.

Marosimni o‘tkazishga Yaponiya hukumati qariyb 16 mlrd yena ($147 mln.dan ortiq) sarflagan.

Yaqinda mamlakat «Xagibis» to‘fonidan qattiq talafot ko‘rgandi, mamlakat infratuzilmasini tiklash ishlari ketmoqda, shu bois ham imperatorning taxtga o‘tirishi munosabati bilan o‘tkaziladigan tantanali parad 10 noyabr sanasiga qoldirildi.

Ma’lumot o‘rnida, Naruxitoning 17 yoshli yagona farzandi Ayko ayoldir va u taxtga da’vogarlik qilolmaydi. Imperatorlik davomchisi sifatida uning jiyani – 13 yoshli Hisaxito ko‘rilmoqda.

1947 yilda qabul qilingan «Imperatorlik uyi to‘g‘risida»gi qonunga asosan, imperator umrbod lavozimida qoladi. Naruxitoning otasi Akixito Yaponiya taxtidan o‘z xohishi bilan voz kechgan so‘nggi 200 yil ichidagi ilk imperator bo‘lgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!