Yaponiyada maktablardan biri koronavirusning yangi o‘chog‘iga aylandi

Yaponiyada maktablardan biri koronavirusning yangi o‘chog‘iga aylandi

Yaponiyaning janubi-g‘arbiy Kyusyu orolidagi Kitakyusyu shahri ma’muriyati yangi koronavirus infeksiyasi o‘chog‘i topilganligini e’lon qildi, bu safar boshlang‘ich maktabda, deb xabar beradi NHK telekanali.

So‘nggi to‘qqiz kun ichida shaharda koronavirus infeksiyasini yuqtirganlar soni 97 kishiga yetgan. Bu mamlakatda favqulodda vaziyat yuzaga kelgan bir yarim oy ichida qayd etilganidan eng yuqori darajadir.

O‘tgan juma kuni Kitakyusyu meri shaharda infeksiyaning ikkinchi to‘lqini boshlanganini e’lon qilgan edi. Bir nechta o‘choqlar aniqlandi, ammo holatlarning uchdan bir qismida virusning tarqalish yo‘llarini aniqlab bo‘lmadi. 31-maydan 18-iyunga qadar shaharda turli xil ob’ektlar, xususan, kutubxonalar, muzeylar, teatrlar yopiladi, shuningdek, boshlang‘ich va o‘rta maktablarda o‘qish vaqti cheklanadi, deyiladi xabarda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!