Yaponiya o‘z fuqarolariga deyarli 3 ming dollardan to‘lamoqchi

Yaponiya o‘z fuqarolariga deyarli 3 ming dollardan to‘lamoqchi

Yaponiyada hukumat qariyb 994 milliard dollar miqdoridagi iqtisodiy rag‘batlantirish paketlarini tasdiqladi, deb xabar berdi “Bloomberg”.

 

Dastur daromadlarning keskin pasayishiga duch kelgan fuqarolarga taxminan 2750 AQSh dollar miqdorida to‘lovlarni amalga oshirishni ko‘zda tutadi. Buning uchun jami 4 trillion iyen ajratilgan. Yana 2,3 trillion iyen Yaponiya hukumati tomonidan kichik biznesni qo‘llab-quvvatlashga yo‘naltiriladi, buning uchun soliq yukini kamaytirish rejalashtirilgan.

 

Shu bilan birga, hukumat korporativ moliyalash uchun jami 45 trillion iyen ajratadi, bu esa yapon kompaniyalariga inqiroz davrida biznesni ushlab turishga yordam berishi kerak.

 


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!