Yaponiya sayyohlarga kuniga 185 dollargacha pul to‘laydi

Yaponiya sayyohlarga kuniga 185 dollargacha pul to‘laydi

Yaponiya hukumati turizm sohasini qo‘llab-quvvatlash maqsadida sayyohlarga mamlakatga tashrif buyurgani uchun kuniga 185 AQSh dollari miqdorida vaucherlar berishni rejalashtirmoqda. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi matbuot kotibi Ortiqxo‘ja Norov yozmoqda.

Go To Travel tashabbuslari doirasida Yaponiyaga kelgan sayohatchilar kuniga 20 000 iyen (185 dollar) miqdorida subsidiya olishni boshlashlari mumkin, deyiladi hukumat bayonotida.

Hisob-kitoblarga ko‘ra, mazkur subsidiya mamlakat turizm sohasi xarajatlarining qariyb yarmini qoplaydi. Vaucherlarni restoran, bar va do‘konlarda sarflash mumkin. Uni olish uchun siz mehmonxona bron qilib, Yaponiyaga chipta sotib olish talab etiladi.

Dastur joriy yilning 1 iyulidan boshlanishi kutilmoqda. Hukumat ushbu tashabbusga 12,5 milliard dollar ajratadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!