Yaponiya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrifini bekor qildi. Buning sababi ma’lum

Yaponiya bosh vaziri O‘zbekistonga tashrifini bekor qildi. Buning sababi ma’lum

Yaponiya bosh vaziri Fumio Kisida 9-12 avgust kunlari Qozog‘iston, O‘zbekiston va Mo‘g‘ulistonga rejalashtirilgan to‘rt kunlik safarini bekor qildi, deb xabar berdi Kyodo agentligi.

Kecha Yaponiyaning janubi-g‘arbiy qismida sodir bo‘lgan 7,1 magnitudali zilziladan keyin mamlakat meteorologiya agentligi Tinch okeanining janubi-g‘arbdan Yaponiyaning markaziy qismigacha cho‘zilgan keng hududida kuchli zilzila sodir bo‘lishi mumkinligi haqida ogohlantirishni berdi.

Shu sabab Fumio Kisida safarining bekor qilinishini e’lon qildi.

Payshanba kungi zilzila Miyazaki va qo‘shni ikki prefekturadagi binolarga katta zarar yetkazgan. O‘lim holatlari qayd etilmagan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!