Yangi o‘quv yilidan maktab formasi majburiy bo‘lmaydi

Yangi o‘quv yilidan maktab formasi majburiy bo‘lmaydi

Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov «Daryo»ga bergan intervyusida majburiy maktab formasi 2019—2020-o‘quv yilida ixtiyoriy bo‘lib, bu haqda Hukumat tagishli qaror qabul qilishini ma’lum qildi.

«Formani juda ko‘p muhokoma qilsa bo‘ladi. Ijobiy tomonini ham, salbiy tomonini ham. Lekin, shoshilish kerak emas. Bizda ozgina shoshish bo‘layapti. Maktab formasi o‘tgan yili majburiy emas, ixtiyoriy bo‘ldi. Yangi o‘quv yilida majburiy qilsak, shoshilish bo‘lib qoladi», – deydi Sherzod Shermatov.

Vazirning gaplariga ko‘ra, 1-sinfdan 11-sinfgacha maktab formasini tikish juda katta hajmni tashkil qilib, O‘zbekiston to‘qimachilik sanoati bu vazifani uddalay olishiga ham savollar bor.

«Hozir biz Vazirlar mahkamasiga qo‘shimcha taklif tayyorlayapmiz. Chiqqan qarorga o‘zgartirish kiritish. Ota-onalar tashvishlanmasa bo‘ladi, yaqin orada qaror chiqadi. Yangi o‘quv yilidan maktab formasi majburiy bo‘lmaydi. Maktab formasi bosqichma-bosqich joriy qilinadi», – deydi Xalq ta’limi vaziri Sherzod Shermatov.

Bundan avval, O‘zbekiston Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi direktori o‘rinbosari Saida Mirziyoyeva kelgusi o‘quv yilidan majburiy yagona maktab formasi joriy etilishi borasida fikr bildirib, maktablarda mavjud kamchiliklar joylarda og‘ir sharoit, ko‘plab maktablar ta’mirtalab, o‘quv darsliklarining yetishmasligi, kitoblar sifati juda past ekanligi, ayrim maktablarda darslar uch smenada o‘tilishini tuzatmay turib, majburiy forma talab qilinishiga hali ertaligi haqida fikr bildirgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!