"Yangi Ronaldu" "Real"da o‘ynamoqchi emas

"Yangi Ronaldu" "Real"da o‘ynamoqchi emas

"Real" "Benfika" hujumchisi, "yangi Ronaldu" nomi bilan mashhur bo‘lgan Joau Felish uchun katta mablag‘ sarflashga tayyor, deb xabar tarqatdi "Marca".

Manbaning yozishicha, "qirollik klubi" futbolchi uchun 80 million yevro mablag‘ (birdaniga to‘lanadigan) hamda bonus shaklida 50 mln yevro taklif qilgan, lekin rad javobini olgan. Sababi, "Benfika" Felish uchun kamida 120 mln yevroni to‘liq to‘lashni talab qilmoqda. Qolaversa, Felishning o‘zi ham "Real"ga o‘tishni xohlayotgani yo‘q.

Xabarlarga ko‘ra, "Atletiko" Felish uchun 120 mln yevro berishga tayyor.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!