Yana kredit mablag‘larini talon-taroj qilish holatlari aniqlandi

Yana kredit mablag‘larini talon-taroj qilish holatlari aniqlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yangi Namangan tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.D.” MCHJ rahbari A.Q. va boshqalar hududiy tijorat banki mas’ul xodimlari o‘zaro til biriktirib, ushbu MCHJga chemodan mahsulotlarini ishlab chiqarish uchun ajratilgan 1,5 mlrd so‘m kredit mablag‘ini rasmiy hujjatlarni soxtalashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Termiz tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.N.” MCHJ rahbari N.A. 2019 ilda “Yangi hayot” MFY hududidagi dam olish maskanini zamonaviy tipda qayta ta’mirlash va mehmonxona qurilishi uchun tijorat banki filialidan 1,2 mlrd so‘m kredit ajratilishiga erishib, hozirgi kunga qadar qurilish va loyiha ishlarini amalga oshirmasdan, kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Denov tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “A.F.” MCHJ rahbari A.F. tijorat banki filialidan ajratilgan 90 ming AQSh dollaridagi kredit evaziga qo‘shni Qozog‘iston Respublikasidan olib kelingan 495 bosh chorva mollarini sotib yuborib, juda ko‘p miqdordagi kredit mablag‘ini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganligi aniqlangan.

Departamentning Piskent tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda esa, hududdagi tijorat banki filialining mas’ul shaxslari va “B.T.” MCHJ norasmiy rahbari U.B. avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish shoxobchasini tashkil etish uchun ajratilgan 546,6 mln so‘m kredit mablag‘ini naqdlashtirib olishib, o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Departamentning Oqdaryo tuman bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, “E.SH.” va “N.J.” oilaviy korxonalari mas’ul shaxslari hududiy tijorat banki filialidan ajratilgan 490 mln so‘m kredit evaziga non va shirinlik mahsulotlari ishlab chiqaruvchi uskunalari sotib olishib, keyinchalik ularni qayta sotib yuborish orqali kredit mablag‘larini o‘zlashtirish yo‘li bilan talon-taroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!