Yana bir futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda irqiy kamsitishlarga uchradi

Yana bir futbolchi ijtimoiy tarmoqlarda irqiy kamsitishlarga uchradi

«Arsenal» yarimhimoyachisi Villian ijtimoiy tarmoqlarda irqiy haqoratlarga uchradi.

Braziliyalik 32 yoshli futbolchi «Instagram»dagi sahifasiga o‘ziga nisbatan irqchilik ruhida yozilgan haqoratlarning skrinshotlarini joylashtirib: «O‘zgarishlar kerak. Irqchilikkar qarshi kurash davom etmoqda…» deb yozdi.

Skrinshotlarda «Changalzorga qayt, ey maymun», «Yo‘qol, maymun» kabi haqoratlar bor edi.

Villian bu mavsumda APLda 18ta bahsda maydonga tushib, 3ta golga assistentlik qildi. 

Ma’lumot uchun, so‘nggi vaqtlarda ijtimoiy tarmoqlarda «MYu» futbolchilari Aksel Tuanzebe, Markus Reshford, Antoni Marsyal, «Vest Bromvich» yarimhimoyachisi Romeyn Soyers, «Chelsi» himoyachilari Ris Jeyms va Antonio Ryudiger ham irqiy kamsitishlarga duch kelishgandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!