Yana bir davlat Falastinni davlat sifatida tan oldi

Yana bir davlat Falastinni davlat sifatida tan oldi

Yamayka Tashqi ishlar va tashqi savdo vazirligi Falastin davlatini tan olishini bildirdi.

Bu haqda Yamayka tashqi ishlar va tashqi savdo vaziri Kamina Jonson Smit bayonot berdi.

Unga ko‘ra, Yamayka Vazirlar Mahkamasi yig‘ilishdan so‘ng Falastinni davlat sifatida rasman tan olish to‘g‘risida qaror qabul qilgan.

Jonson Smitning aytishicha, mamlakat ikki davlat tamoyilini amalga oshirishni uzoq vaqtdan beri davom etayotgan Isroil-Falastin mojarosining yagona hayotiy varianti sifatida ko‘radi va himoya qiladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!