Yakkasaroy hokimligi yuristi tumandagi maktab basseynida vafot etdi

Yakkasaroy hokimligi yuristi tumandagi maktab basseynida vafot etdi

Marhumning o‘lim sababini aniqlash maqsadida sudga oid tibbiyot ekspertizasi tayinlangan.

Prokuratura tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

Bu haqda Bosh prokuror matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi, deb xabar bermoqda Sputnik nashri.

Mahalliy OAV yozishicha, hokimlik xodimlari uchun o‘sha kuni ziyofat o‘tkazilgan. Unda spirtli ichimliklar iste’mol qilingan bo‘lishi mumkin.

Tadbir yakunlangach, hokimning ikki o‘rinbosari hamda yuristi maishatni tumandagi maktab basseynida davom ettirgan.

Basseynda cho‘milish chog‘ida hokimlik yuriskonsultining sog‘ligi yomonlashib, vafot etgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!