Xo‘jayli tumanida 2018 yilda aholiga sayyor Davlat xizmatlari ko‘rsatildi

Xo‘jayli tumanida 2018 yilda aholiga sayyor Davlat xizmatlari ko‘rsatildi

Xo‘jayli tumani Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 2018 yilda joylarga chiqqan holda sayyor tartibda Davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

Jumladan, Xo‘jayli tumani Samanko‘l OFY hududida qilgan targ‘ibot va tashviqot ishlari olib borildi. Buning oqibatida 2014 yildan buyon gaz tarmog‘iga ulanish bo‘yicha va o‘zboshimchalik bilan qurilgan imoratlariga kadastr hujjatlarini olishda muammolari aniqlandi hamda aholiga shu yerning o‘zida gaz tarmog‘iga ulash va ko‘chmas mulkka nisbatan mulk huquqini e’tirof etish bo‘yicha bir martalik umumdavlat aksiyasi doirasida sayyor Davlat xizmatlari ko‘rsatildi. Natijada bir nechta xonadonning muammolari ijobiy hal etildi.

Shuningdek, tuman Davlat xizmatlari markazi xodimlari tomonidan 2018 yilda 235ta tadbirkorlik sub’ektlari joylarga chiqqan holda sayyor ro‘yxatdan o‘tkazildi va 545 nafar fuqaroga Davlat xizmatlari ko‘rsatildi.

2018 yilning 12 oy davomida Xo‘jayli tumani Davlat xizmatlari markaziga jami 21634ta murojaatlar qabul qilindi. Tadbirkorlik sub’ektlarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish bo‘yicha 1358 murojaatlar kelib tushdi.

Xo‘jayli tumani Davlat xizmatlari markazi mutaxassisi A.P.Nizamatdinov.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!