Xorazmda xorijga ketmoqchi bo‘lgan ota 236 mln so‘m alimentni oldindan to‘ladi

Xorazmda xorijga ketmoqchi bo‘lgan ota 236 mln so‘m alimentni oldindan to‘ladi

Xorazm viloyati Shovot tumanida xorijga ketmoqchi bo‘lgan ota 236 mln so‘m alimentni oldindan to‘ladi. Bu haqda MIBga tayanib "Daryo" xabar berdi.

Xabar berilishicha, fuqarolik ishlari bo‘yicha Shovot tumanlararo sudining 2020 yildagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor R.M.dan undiruvchi G.S. foydasiga to‘rt nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy ta’minoti uchun aliment undirish belgilangan.

Ota aliment pullarini o‘z vaqtida to‘lab kelgan. Ijro harakatlari jarayonida fuqaro R.M. xorijga chiqish maqsadi borligini bildirib, sud hujjatini ijro etish usuli va tartibini o‘zgartirish yuzasidan ariza bilan ushbu sudga murojaat qildi.

Qarzdorning arizasiga ko‘ra, alimentni oldindan to‘lash bo‘yicha sudning ajrimi chiqarildi. Qarzdorga qonunchilikda belgilangan tartibga ko‘ra, 5 yillik aliment pullari 236 million 758 ming 852 so‘m miqdorida hisoblandi.

Joriy yilning 22 may kuni ijro harakatlari davomida ushbu mablag‘ to‘liq undirilib, undiruvchining nomiga ochilgan bank plastik kartasiga o‘tkazib berilishi ta’minlandi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!