Yaponiya hukumati yapon bolalarini himoya qilishda halok bo‘lgan xitoylik ayolga hurmat bajo keltirdi
Yaponiyaning Xitoydagi elchixonasi xitoylik ayolning o‘limi munosabati bilan o‘z milliy bayrog‘ini yarmiga tushirdi.
Yaponiyaning Kyodo News axborot agentligi xabariga ko‘ra, Yaponiya hukumati va xalqi yapon bolalarini bezorilardan himoya qilish chog‘ida halok bo‘lgan xitoylik ayolga hurmat bajo keltirdi.
2024 yil 24 iyun kuni Xitoyning Szyansu provinsiyasi, Suchjou shahridagi avtoturargohda maktab avtobusini kutib turgan xitoylik erkak (52 yoshli) pichoq bilan qurollangan yapon ayol va uning bolasiga hujum qildi va yaraladi.
Jarohat olgan ona 30 yoshda, bolasi esa maktab yoshiga yetmagan va ular bekatda mahalliy “Yapon maktabi” avtobusini kutishgan. Avtobusda boshqa bolalar ham bor edi.
Hujumchi maktab avtobusiga o‘tirmoqchi bo‘lgan, biroq avtobusdagi xitoylik ayol tomonidan to‘xtatilgan. To‘qnashuv chog‘ida xitoylik ayol hujumchi tomonidan pichoqlanib, og‘ir yaralangan.
Voqea joyiga yetib borgan polisiyachilar pichoq bilan hujum qilgan jinoyatchini qo‘lga oldilar va maktab avtobusidagi ko‘plab yapon bolalari xitoylik ayolning jasorati tufayli qutqarib qoldi.
Mahalliy polisiyaning xabar berishicha, 27 iyun kuni pichoqlangan va og‘ir yaralangan maktab avtobusi ishchisi Xu Yupingni (54) qutqara olmagan va afsuski, u vafot etgan.
Yaponiyaning Xitoydagi elchixonasi 28 iyun kuni Xitoyning Weibo sahifasida shunday xabar berdi:
“Xu Yuping xonim bir o‘zi begunoh ayollar va bolalarni jinoyatchilardan himoya qilgan. Uning jasorati va mehribonligi Xitoy xalqining umumiy his-tuyg‘ularini ifodalaydi, deb hisoblaymiz. Xu Yuping xonimga solih harakati uchun minnatdorchilik bildiramiz, yotgan joyi yorug‘ bo‘lsin”, - deb yozdi.
Bundan tashqari, Yaponiya bayrog‘ining yarmi tushirilgan surati ham e’lon qilindi.