BMT bosh kotibi O‘zbekistonga keladi

 BMT bosh kotibi O‘zbekistonga keladi

BMT bosh kotibi Antoniu Guterrish Markaziy Osiyo mamlakatlariga tashrif buyuradi.

Guterrishning matbuot kotibi Stefan Dyujarrikning aniqlik kiritishicha, 29 iyun kuni boshlanadigan tashrif O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Qozog‘iston, Tojikiston va Turkmanistonga rejalashtirilgan.

Dyujarrikka ko‘ra, bosh kotib har bir mamlakatda davlat rahbari va boshqa yuqori martabali hukumat vakillari bilan uchrashadi. Guterrish, shuningdek, iqlim o‘zgarishiga qarshi kurashga oid loyihalar bilan tanishadi va mahalliy faollar bilan muloqot qiladi.

BMT bosh kotibi 4 iyul kuni Ostonada bo‘lib o‘tadigan SHHT sammitida ishtirok etishi rejalashtirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!