Shaxmat: Abdusattorov Fabiano Karuana bilan kuch sinashadi

Shaxmat: Abdusattorov Fabiano Karuana bilan kuch sinashadi

Ruminiya poytaxti Buxarest shahrida mukofot jamg‘armasi 350 ming AQSh dollaridan iborat «Superbet Chess Classic Romania» turnirining 2-turida Nodirbek Abdusattorov Fransiya sharafini himoya qilayotgan Alirezo Firuzjaga imkoniyatni boy berib qo‘ydi.

Ortda qolgan 2-turdagi Fabiano Karuana – Uesli So, Bogdan-Danyel Dyak – Anish Giri, Yan Nepomnyashiy – Dommaraju Gukesh, Rameshbabu Praggnanandha – Maksim Vashye Lagrev «duel»lari esa durang natija bilan yakunlandi.

Bugun, 28 iyun kuni nufuzli turnirning 3-turida Nodirbek Abdusattorov oq donalarda amerikalik Fabiano Karuana bilan kuch sinashadi. Shuningdek, ushbu turda Maksim Vashe Lagrev – Alirizo Firuzja, Dommaraju Gukesh – Rameshbabu Praggnanandha, Anish Giri- Yan Nepomnyashiy, Uesli So – Bogdan-Danyel Dyak qarama-qarshiligidagi o‘yinlar bo‘lib o‘tadi.

Eslatib o‘tamiz, 5 iyulgacha davom etadigan turnirda g‘oliblikka erishgan shaxmatchi 100 ming AQSh dollari bilan taqdirlanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!