Superliga. “So‘g‘diyona” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Dinamo”dan ustun keldi

Superliga. “So‘g‘diyona” 6 ta gol urilgan o‘yinda “Dinamo”dan ustun keldi

Futbol bo‘yicha O‘zbekiston Superligasining 13-turidan o‘rin olgan o‘yinlar 28 iyun, juma kuni bo‘lib o‘tdi.

“So‘g‘diyona” “Dinamo”ga qarshi maydonga tushdi. Uchrashuvning 8-daqiqasida Vladimir Yovovich hisobni ochdi. 18-daqiqada Shohruhbek Abdurahmonov hisobni ishonchli ko‘rinishga olib keldi. Bo‘lim oxirida esa Jurani Ferreira hisobni qisqartirdi.

Ikkinchi bo‘lim boshida samarqandliklar yana bir bor gol urdi. 53-daqiqada Sanjar Shoahmedov muvozanatni tikladi. 65-daqiqada Xondamir Mustafoqulov jizzaxliklarning uchinchi goliga mualliflik qildi.

O‘yin oxirida Samandar Sindarov ham o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi va “So‘g‘diyona” 4:2 hisobidagi g‘alabani rasmiylashtirdi.

Superliga

13-tur

28 iyun, juma

“So‘g‘diyona” – “Dinamo” 4:2

Gollar: Vladimir Yovovich, 8 (1:0), Shohruhbek Abdurahmonov, 18 (2:0), Jurani Ferreyra, 45 (2:1), Sanjar Shoahmedov, 53 (2:2), Xondamir Mustafoqulov, 65 (3:2), Samandar Sindarov, 90+5 (4:2).


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!