Xitoyning Yanszi daryosida ikkita yuk kemasi to‘qnashib ketdi

Xitoyning Yanszi daryosida ikkita yuk kemasi to‘qnashib ketdi

Nantun shahri (Szyansu viloyati) yaqinidagi Yanszi daryosida ikki kemaning to‘qnashib ketishi oqibatida olti kishi suvga tushib ketdi.

Xitoy markaziy televideniyesi xabariga ko‘ra, ulardan to‘rt nafari qutqarildi, ikki nafari bedarak yo‘qoldi.

Hodisa 28 iyun kuni mahalliy vaqt bilan soat 12:50 da sodir bo‘ldi. Bir yo‘nalishda harakatlanayotgan ikkita yuk kemasi to‘qnashib ketdi. Ulardan biri cho‘kib ketdi. Ma’lum qilinishicha, favqulodda holat tufayli atrof-muhit ifloslanishi kuzatilmadi, deb xabar beradi tass.ru.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!