Rossiya neft omboriga dron hujum qildi

Rossiya neft omboriga dron hujum qildi

Rossiya Federasiyasining Tambov viloyatida dron neft omboriga hujum qilib, yong‘inga sabab bo‘ldi.

Bu haqda viloyat gubernatori Maksim Yegorov 28 iyun, juma kuni ertalab ma’lum qildi, deb xabar beradi korrespondent.net.

Qayd etilishicha, Tambov viloyatining Michurinskiy okrugida neft omboriga uchuvchisiz uchish qurilmasi uchib kelgan.

Gubernatorning yozishicha, qurbonlar yo‘q.

“Eng yaqin aholi punkti 3 kilometr uzoqlikda, agar zarurat tug‘ilsa, aholi evakuasiya qilinadi”, deb yozdi Yegorov rasmiy telegram kanalida.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!