Xonanda Manzura oilasida yana bir og‘ir yo‘qotish

Xonanda Manzura oilasida yana bir og‘ir yo‘qotish

"Nihol" mukofoti sovrindori xonanda Manzura Yo‘ldosheva oilasi yana bir og‘ir judolikka uchradi. Xonandaning volidasi Muqita Musayeva bugun, 15 noyabr kuni 73 yoshida olamdan o‘tdi. 

Joriy yilning 8 iyul kuni Manzura Yo‘ldoshevaning otasi – O‘zbekiston xalq rassomi Muborak Yo‘ldoshev 84 yoshida olamdan ko‘z yumgan edi. 

Marhuma bugun, 15 noyabr kuni shom namozidan so‘ng, "Minor" qabristoniga dafn etiladi. 

ANIQ.UZ tahririyati nomidan marhumaning oila a’zolari va yaqinlariga, xususan Manzura Yo‘ldoshevaga ta’ziya bildiramiz.

Manba: qalampir. com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!