Xonanda Husan ko‘cha o‘rtasida qo‘shiq kuylagani uchun qamaldi

Xonanda Husan ko‘cha o‘rtasida qo‘shiq kuylagani uchun qamaldi

Kecha ijtimoiy tarmoqda Toshkentda yo‘lning qatnov qismida bir nechta yigitlar avtomobillarni tashish uchun mo‘ljallangan yuk mashinani yo‘lga qo‘yib, qo‘shiq kuylayotgani aks etgan video tarqalgandi.

Aniqlanishicha, 22 aprel kuni 38 yoshli Husan va uning sozandalari Chilonzor tumanida avtomobil yo‘lining qatnov qismida sun’iy tirbandlik yuzaga keltirib, jamoat tartibini qasddan buzishgan, shuningdek, ular IIO xodimlarining qonuniy talablarni bajarmay IIBga borishdan bosh tortgan.

Sud qarori bilan yigitlarning har biriga 340 ming so‘m miqdorida jarima va uzil-kesil 3 sutka ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!