Xitoyda yoqilg‘i narxi oshdi

Xitoyda yoqilg‘i narxi oshdi

Xitoy Xalq Respublikasi Taraqqiyot va islohotlar bo‘yicha davlat qo‘mitasining qarori bilan chorshanba kunidan boshlab benzinning chakana narxlari bir tonna uchun 200 yuanga (28,16 dollar) oshirildi, deya xabar beradi Kazinform muxbiri.

Xabarnomada ta’kidlanishicha, mamlakatda amaldagi narx belgilash mexanizmiga muvofiq, neft mahsulotlari narxi jahon xomashyosi narxlarining o‘zgarishini hisobga olgan holda tuzatiladi. Chorshanba kunidan boshlab benzin va dizel yoqilg‘isining chakana narxlari mos ravishda bir tonna uchun 200 va 195 yuanga oshadi.

Taraqqiyot va islohotlar bo‘yicha davlat qo‘mitasi Xitoyning uchta yetakchi neft kompaniyasi – China National Petroleum Corporation, China Petrochemical Corporation va China National Offshore Oil Corporation va boshqa neftni qayta ishlash zavodlaridan bozorda ta’minot barqarorligini ta’minlash uchun neft mahsulotlarini ishlab chiqarish va tashishni to‘g‘ri tashkil etishni talab qildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!