Xitoyda qariyalar uyidan qochmoqchi bo‘lgan ayol 2 metrli panjara ustiga chiqdi

Xitoyda qariyalar uyidan qochmoqchi bo‘lgan ayol 2 metrli panjara ustiga chiqdi

Xitoylik 92 yoshli ayol Yantay shahridagi qariyalar uyidan qochishga urinib, balandligi 2 metrdan oshiq bo‘lgan temir panjara ustiga chiqdi. Buning uchun unga atigi 24 soniya kerak bo‘ldi.

Qariyalar uyi direktorining aytishicha, ayol og‘ir alsgeymer kasalligi bilan og‘rigan.

U jismoniy mashqlar bajarishni va toshlar ustiga chiqishni yaxshi ko‘radi.

Internet foydalanuvchilari salkam 100 yoshli ayolning bu harakatini haqiqiy jasorat, deya e’tirof etishmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!