Xitoyda eng kichik dinozavrning izlari topildi

Xitoyda eng kichik dinozavrning izlari topildi

Xitoy shimoli-g‘arbidagi Gansu provinsiyasida dunyodagi eng kichik dinozavrning izi topildi, deb yozadi TASS.

Geopark joylashgan Yunszin okrugi ma’muriyati sayti ma’lumotlariga ko‘ra, mahalliy muzey xodimlari kuchli yomg‘irdan so‘ng «Lyuszyasya» dinozavrlar davlat geologik bog‘i hududidan qalinligi taxminan 1-3 sm bo‘lgan toshga aylangan beshta oyoq izlarini topdi.

“Avval bunday izlar Sichuan daryosi havzasida, shuningdek, Shandun provinsiyasi (Sharqiy Xitoy) va Koreya Respublikasida ham topilgan edi”, – dedi Xitoy Yer fanlari universiteti dosenti Sin Lida.

Uning so‘zlariga ko‘ra, so‘nggi topilma bu sudralib yuruvchilar bir paytlar keng tarqalganligini ko‘rsatmoqda. Bu ushbu hududlardagi dinozavrlarning geologik yoshi va xilma-xilligini o‘rganish uchun muhimdir. Olimning fikricha, izlarni o‘rganish “dinozavrlarni miniatyuralashtirish bo‘yicha yangi istiqbolni ochadi, qushlar evolyusiyasidagi asosiy qadam” hisoblanadi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!