Xitoy uch taykonavt bilan kosmik kemani koinotga uchirdi

Xitoy uch taykonavt bilan kosmik kemani koinotga uchirdi

Xitoy «Shenchjou-18» kosmik kemasini Szyusyuan markazidan «Tyangun» orbital stansiyasigacha uchirdi. Kema bortida uch nafar taykonavt bor: komandir YE Guanfu, shuningdek, ekipaj a’zolari Li Sun va Li Guansu. Ular stansiyada taxminan olti oy qolishi kerak.

Missiya rahbari 43 yoshli YE Guanfu bo‘lib, u oxirgi marta 2021 yil oktyabr oyida «Tyangun»da bo‘lgan. Unga Li Sun va Li Guansu hamrohlik qilmoqda, ular uchun bu birinchi parvoz.

Fevral oyi oxirida Xitoy aerokosmik fan va texnologiya korporasiyasi (CASC) 2024 yilda kosmik kemalarni uchirish missiyalari soni bo‘yicha milliy rekordni yangilashni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.

«2024 yilda Xitoyning kosmik sanoati 100 ga yaqin parvozni amalga oshirishni rejalashtirmoqda. Yangi rekord o‘rnatilishi kutilmoqda», deyiladi hisobotda.

«Shenchjou-18» ekspedisiyasi «Tyangun» orbital stansiyasiga yettinchi missiya bo‘ladi. Xitoyning birinchi kosmik parvozi 2003 yilda, Xitoyning birinchi kosmonavti Yan Livey «Shenchjou-5» kosmik kemada uchganida amalga oshirilgan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!