Xalqaro ot sporti federasiyasi bilan O‘zbekistonda "Challenge" turnirini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi

Xalqaro ot sporti federasiyasi bilan O‘zbekistonda "Challenge" turnirini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi

Shveysariyaning Lozanna shahrida XIII Xalqaro Ot Sporti federasiyasi forumi bo‘lib o‘tdi. Forumda 230 dan ortiq delegatlar ishtirok etdi.

Mazkur forumda O‘zbekiston yilqichilik va ot sporti federasiyasi raisi Baxromjon Gaziyev va vise-prezident Viktoriya Aleksandrina ishtirok etdi.

Sport forumi doirasida bir qator muzokaralar o‘tkazilib, unda 2024-2025-yillarda Shveysariyadan tajribali veterinar, fermer va murabbiylarni O‘zbekistonga taklif etish, otlarni rivojlantirish va tanlashda birgalikda ishlash va FEI xalqaro federasiyasi bilan O‘zbekistonda "Challenge" turnirini o‘tkazish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!