«Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim» — Prezident O‘zbekiston U-23 jamoasi haqida gapirdi

«Penaltini urolmaganidan keyin 3 kun uxlolmay chiqdim» — Prezident O‘zbekiston U-23 jamoasi haqida gapirdi

Shavkat Mirziyoyev kinochilar bilan uchrashuvda futbolimizdagi yutuqlarni va jamoamizga ozgina omad yetishmaganini esladi.

Davlat rahbari O‘zbekiston olimpiya jamoasining Osiyo Kubogi U-23 finalidagi mag‘lubiyati (Yaponiya, 0:1) va ilk bor Olimpiadaga yo‘llanma olgani haqida gapirdi.

«Penaltidan foydalana olmaganidan (Umarali Rahmonaliyev finalda) keyin 3 kun uxlamay chiqdim. Qaniydi, o‘rnida o‘zim bo‘lsam edi, deyman-da. Bittagina to‘p-a.

Mahorat ko‘rsatishdi, yaxshi o‘ynashdi. Ularning ko‘pi bilan gaplashdim, telegramma yubordim.

Biz darrov chempionlikni xohlaymiz-da. Birinchi marta jamoaviy sport turidan Olimpiadaga chiqdik. Aslida bu ham katta yutuq.

Futbol oson ish emas. Bilasizlarmi, nimadan g‘ururlanaman? Hozir 5-6 futbolchimiz dunyoning mashhur jamoalarida o‘ynamoqda», —deydi Mirziyoyev.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!