WSJ: BMT ekspertlari KXDRni Suriyaga qurol sotganlikda ayblamoqda

WSJ: BMT ekspertlari KXDRni Suriyaga qurol sotganlikda ayblamoqda

BMT ekspertlar guruhi tayyorlagan hisobotga ko‘ra, Suriya iqtisodiy sanksiyalarni buzmoqda, xususan, Suriya, Yaman, Liviya va qurolli to‘qnashuvlar hududlari mavjud bo‘lgan boshqa davlatlarga qurol sotmoqda. Bu haqda The Wall Street Journal gazetasida chop etilgan maqolada aytilmoqda.

Maqolaga ko‘ra, BMT mutaxassislari KXDRga Rossiya va Xitoy kemalarida yonilg‘i yetkazish o‘sganligini hamda Pxenyandan Xitoyga ko‘mir yetkazilganligini aniqlashgan. 

2017 yil dekabrda BMT xavfsizlik kengashi KXDR tomonidan ballistik raketa sinovi o‘tkazilganligi sababli bu mamlakatga nisbatan sanksiyalarni kuchaytirish haqida rezolyusiya qabul qilgandi. Hujjat bilan xom neft va neft mahsulotlari yetkazish borasida cheklovlar joriy etilgan hamda 24 oy ichida barcha mamlakatlardan Shimoliy koreyalik mehnat migrantlarini chiqarib yuborish talab qilingandi. Rezolyusiyada shuningdek, KXDRga sanoat jihozlari, og‘ir texnika va transport vositalari yetkazish bo‘yicha ham cheklovlar ko‘zda tutilgan.

Manba: kun.uz


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!