WhatsApp ijtimoiy tarmoqqa aylantiriladi

WhatsApp ijtimoiy tarmoqqa aylantiriladi

WhatsApp messenjeri dasturchilari qiziqishlari bir xil bo‘lgan foydalanuvchilar guruhlarini birlashtirish uchun hamjamiyat funksiyasini joriy etishni rejalashtirganini e’lon qildi.

Hamjamiyat guruhlar jamoasi bo‘lib, foydalanuvchilar hamjamiyat tuzishlari, hamjamiyat administratorlari esa guruhlarni boshqarishi va barcha guruhlarga bir vaqtning o‘zida xabar jo‘natishi mumkin bo‘ladi.

WhatsApp hozircha yangi hamjamiyatlarni qidirish imkoniyatini kiritmaydi.

Dasturchilar hamjamiyat guruhlarida yolg‘on axborot tarqalishini kamaytirish uchun xabarlarni qayta jo‘natish imkonini cheklab qo‘yadi. Hamjamiyatlarning yopiqligi va xavfsizligi ta’minlanishi ta’kidlangan.

Yangi funksiyadan joriy haftada butun dunyo bo‘yicha ayrim sinovchilar foydalana boshlaydi. Keyinchalik barcha foydalanuvchilar hamjamiyat funksiyasidan foydalanishi mumkin bo‘ladi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!