Vladimir Putin Xitoyning eng oliy darajali ordeni bilan mukofotlangan birinchi davlat rahbari bo‘ldi

Vladimir Putin Xitoyning eng oliy darajali ordeni bilan mukofotlangan birinchi davlat rahbari bo‘ldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin XXR raisi Si Szinpin tomonidan Xitoyning oliy davlat mukofoti — Xitoy Xalq Respublikasi Do‘stlik ordeni bilan taqdirlandi. Bu haqda "xs.uz" xabar tarqatdi.

“Vladimir Putinga Xitoyning oliy davlat mukofoti berildi. U Xitoy Xalq Respublikasi Do‘stlik ordenini olgan davlat rahbarlaridan birinchisiga aylandi. Xitoy davlat qurilishi va modernizasiyasiga qo‘shgan alohida hissasi, shuningdek, mamlakatning xorijiy davlatlar bilan aloqalari hamda hamkorligini rivojlantirish va tinchlikni ushlab turishga qaratilgan sa’y-harakatlari uchun taqdirlanadi”, — deyiladi xabarda.

Si Szinpinning ta’kidlashicha, 2001 yilda Putin Xitoy va Rossiya o‘rtasida do‘stlik va hamkorlik haqida bitimini Rossiya tomonidan imzolagan va Moskva va Pekin o‘rtasida ko‘p asrlik do‘stligi uchun mustahkam poydevor solgan.

“Prezident Putin men uchun — eng yaxshi va yaqin do‘st”, — deb qo‘shimcha qildi Xitoy yetakchisi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!