Venesuelada prezidentlik saylovidan keyingi namoyishlarda 2 mingga yaqin odam hibsga olindi

 Venesuelada prezidentlik saylovidan keyingi namoyishlarda 2 mingga yaqin odam hibsga olindi

Bu haqda mamlakatning amaldagi prezidenti Nikolas Maduro ma’lum qildi.

"Bizda 2000 mahbus bor va biz ularni qattiq tartibli Tokoron va Tokyuito qamoqxonalariga jo‘natamiz", — deya ta’kidladi Maduro Karakasda o‘z tarafdorlari ishtirokidagi mitingda.

Uning fikricha, namoyishchilar Venesuelaning qonuniy hukumatiga qarshi jinoiy hujumlarda va tartibsizliklarda qatnashgan, muxolif kuchlardan prezidentlikka nomzod Edmundo Gonsales esa "qochib ketgan" va "o‘zini prezident" deb e’lon qilishdan qo‘rqqan.

Venesuelada Markaziy saylov komissiyasi prezidentlik saylovida Maduroning 51,2% ovoz bilan g‘alaba qozonganini e’lon qilishi natijasida norozilik namoyishlari davom etmoqda.
Muxolifatning ma’lum qilishicha, mustaqil ekzit-poll natijalariga ko‘ra, saylovchilarning 31 foizi Nikolas Maduroga, qariyb 65 foizi esa muxolifat nomzodi Edmundo Gonsalesga ovoz bergan.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!