Venesuela neft evaziga vaksina olmoqchi

Venesuela neft evaziga vaksina olmoqchi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro yakshanba kuni koronavirusga qarshi vaksina uchun mablag‘larni neft shaklida to‘lash niyati borligini ma’lum qildi.

Koronavirus pandemiyasi oqibatida butun dunyoda neft narxi o‘zining eng quyi nuqtasiga tushdi. Venesuelada esa, AQSh sanksiyalari sabab neftni Amerikaga, hamda yana bir nechta davlatga neftni eksport qilish bo‘yicha muammolar yuzaga keldi.

Maduro esa, bunday sharoitda, SOVAX dasturi bo‘yicha olinadigan vaksinalarga pulni chet ellarda muzlatib qo‘yilgan bankdagi mablag‘lar, hamda neft orqali to‘lashini xabar qildi.

«Biz hech kimdan yalinib so‘ramaymiz, bizda neft bor, ushbu neft bilan to‘lovni amalga oshirishga tayyormiz», - dedi Maduro.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!