Va nihoyat! Dahshatli virusga qarshi vaksina yaratildi

Va nihoyat! Dahshatli virusga qarshi vaksina yaratildi

Rossiya sog‘liqni saqlash vaziri o‘rinbosari Sergey Krayevoyning aytishicha, rossiyalik olimlar Ebola virusiga qarshi vaksina tayyorlashga muvaffaq bo‘lishdi. Bu haqida RIA Novosti xabar bermoqda.

Uning ta’kidlashicha, vaksina ro‘yxatga olinganidan keying ikki yillik tadqiqotlarda yaxshi natijalarni ko‘rsatgan. Endi ular dorini yanada samaraliroq qilishni rejalashtirishmoqda.

Krayevoy fikricha, takomillashtirilgan vaksina formulasi asosida xorijda dori ishlab chiqarilishi va Ebola bilan kasallangan bemorlarga berilishi mumkin.

«Vaksina juda yaxshi bo‘lib chiqdi... Samarali, nojo‘ya ta’sirlari yo‘q», — dedi Krayevoy.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!