O‘zgidromet: O‘zbekistonda hafta davomida harorat biroz ko‘tariladi

O‘zgidromet: O‘zbekistonda hafta davomida harorat biroz ko‘tariladi

O‘zgidromet haftalik ob-havo ma’lumotini taqdim etdi.

Xabarda yozilishicha, bugun sovuq havo respublika hududidan chekina boshladi. Harorat kunduzi 19-22 darajagacha ko‘tarilsada, bu hali hamon me’yordan 2-3 darajaga pastdir.

Ish haftasi davomida O‘zbekiston hududiga xorijiy janubdan quruq va issiq havo oqimi kirishni boshlaydi.

Butun respublika bo‘yicha ob-havo kam bulutli va yog‘ingarchiliksiz bo‘ladi.

Harorat  ko‘tarilib borib, kechasi 7-10 daraja, kunduzi 22-25 daraja issiq bo‘ladi, bu iqlimiy me’yorlardan 2-4 darajaga yuqoridir.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!