“O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va mahalliy boshqaruv darajasini oshirish”

“O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va mahalliy boshqaruv darajasini oshirish”

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati hamda Adliya vazirligi huzuridagi Davlat xizmatlari agentligi (DXA) va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot Dasturi (BMTTD)ning Yevropa Ittifoqi (EI) tomonidan moliyalashtirilayotgan “O‘zbekistonning qishloq hududlarida davlat xizmatlarini taqdim etishni takomillashtirish va mahalliy boshqaruv darajasini oshirish” qo‘shma loyihasi bilan hamkorlikda 3 ta tajriba hududlari - Qoraqalpag‘iston Respublikasi Nukus tumani, Jizzax viloyati Baxmal tumani va Surxondaryo viloyati Sho‘rchi tumanida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari faoliyatining funksional tahlili amalga oshirildi. Mazkur tahlilning dastlabki natijalariga bag‘ishlangan davra suhbatlari tashkilashtirildi.

Funksional tahlil doirasida viloyat, tuman xalq deputatlari Kengashlari deputatlari va Kotibiyat xodimlaridan 94 nafari, viloyat, tuman hokimiyati, davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari mansabdor shaxslari va mutaxassislari, aholi, NNT, xususiy sektor vakillari, fuqarolardan 312 nafari so‘rovnomalarni to‘ldirishdi va jami 200 yaqin shaxslardan intervyular olindi ( shundan 37,2 % ayollar).

Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi xuzuridagi Qonunchilik muammolari va parlament tadqiqotlari instituti bo‘lim boshlig‘i, yuridik fanlari doktori, professor O.Akilov so‘zga chiqib, funksional tahlil natijalari (boshqaruv, ishni tashkillashtirish va rejalashtirish masalalari bo‘yicha) quyidagicha xulosalar aniqlanganligini ta’kidlab o‘tdi:

birinchidan – Xalq deputatlari tuman Kengash, uning doimiy komissiyalari faoliyatlarini samarali boshqarish tizimi mavjud emasligi va ularning faoliyati strategik rejalashtirish asosida amalga oshirmasligi;

ikkinchidan -Xalq deputatlari tuman Kengashlari, uning doimiy komissiyalari va bevosita deputatlarning faoliyatini tashkillashtirilishi va rejalashtirilishi tizimlilik va strategik ahamiyatga ega emasligi;

O.Akilov o‘z ma’ruzasi davomida funksional tahlil natijalari bo‘yicha takliflar (boshqaruv, ishni tashkillashtirish va rejalashtirish) bo‘yicha quyidagilarni bayon etdi:

- boshkaruv doimiy komissiyalar raislari vakolatiga o‘z a’zolari o‘rtasida vazifalarni taqsimlash va mazkur vazifalarni samarali, o‘z vaqtida bajarish ahvoli haqida hisobotlarini eshitish kabi vakolatlarni qonun doirasida mustahkamlash kerakligini;

- Kotibiyat shtat birliklarini oshirish, har bir xodimini doimiy komissiyalariga biriktirish kerakligini;

- Ishlarni tashkillashtirishda hududni iqtisodiy-ijtimoiy rivojlashtirish dasturlari hamda har bir sohani rivojlantirishga yo‘naltirilgan rejalari (yillik, ko‘p yillik)ga bog‘lagan holda, strategik asosda (eng kamida Kengashning vakolati muddatiga) amalga oshirish kerakligini ta’kidlab o‘tdi.

Davra suhbati davomida deputatlar ham so‘zga chiqib amalga oshirilgan tadqiqot ishi yuzasidan fikr-mulohazalarini bildirishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!