O‘zbekistonning 10 ta hududida 500 dan ortiq bemor koronavirusdan tuzaldi

O‘zbekistonning 10 ta hududida 500 dan ortiq bemor koronavirusdan tuzaldi

Bugun ayni paytga qadar yurtimizda koronavirus infeksiyasiga chalingan 517 nafar bemor sog‘aydi.

Jumladan, Toshkent viloyatida 235 nafar, Samarqand viloyatida 104 nafar, Toshkent shahrida 102 nafar, Navoiy viloyatida 16 nafar, Surxondaryo viloyatida 15 nafar, Andijon viloyatida 12 nafar, Sirdaryo viloyatida ham 12 nafar, Jizzax viloyatida 11 nafar, Xorazm viloyatida 7 nafar hamda Farg‘ona viloyatida 3 nafar bemor kasallikdan forig‘ bo‘ldi. 

Shunday qilib, ayni paytga qadar yurtimizda 22 559 (+517) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar tuzaldi va sog‘ayish ko‘rsatkichi 72 foizni tashkil qilmoqda.

Sog‘liqni saqlash vazirligi
Jamoatchilik bilan aloqalar bo‘limi.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!