O‘zbekistonlik hakam Braziliya – Ispaniya o‘yinida ishladi

O‘zbekistonlik hakam Braziliya – Ispaniya o‘yinida ishladi

O‘zbekistonlik hakam Baxtiyor Namozov Braziliya - Ispaniya uchrashuvini boshqardi. Bu haqda O‘FA Matbuot xizmatiga asoslanib "qalampir.uz" ma’lum qildi.

Aytilishicha, o‘tgan yilning 29 noyabr kuni Tayland poytaxti Bangkok shahrida Osiyoning eng yaxshilarini aniqlashga bag‘ishlangan AFC ANNUAL AWARDS 2017 marosimida o‘zbekistonlik plyaj futboli hakami Baxtiyor Namozov OFKning maxsus sovriniga loyiq deb topilgandi.

Bu safar Baxtiyor Namozov BAAda bo‘lib o‘tayotgan Plyaj futboli bo‘yicha “Dubai Cup” Xalqaro musobaqasidan taklif oldi. U 5 noyabr kuni ushbu musobaqa doirasidagi Braziliya - Ispaniya uchrashuvida bosh hakam sifatida ishladi.    

Eslatib o‘tamiz, “Dubai Cup” Xalqaro musobaqasida BAA, Misr, Eron, Rossiya, Taiti, AQSH, Ispaniya kabi terma jamoalar qatnashmoqda.


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!