O‘zbekistonga noqonuniy kelayotgan 335 ming dollarlik dorilar to‘xtatib qolindi

O‘zbekistonga noqonuniy kelayotgan 335 ming dollarlik dorilar to‘xtatib qolindi

Gruziya Moliya vazirligi Tergov xizmati xodimlari gemofiliya bilan og‘rigan bolalar va kattalarni davolashga mo‘ljallangan dori vositalarini O‘zbekistonga noqonuniy olib ketilishini to‘xtatib qoldi.
 
Joriy yil 2 avgust kuni dorilar savdosi bilan shug‘ullanuvchi gruzin kompaniyasi 1,5 mingta flakonda gemofiliya kasalligiga qarshi EMOCLOT dori vositasini bojxonadan o‘tkazishga uringan. Dorilarning umumiy summasi 335 ming dollarga teng.
 
Shu bilan birga, kompaniya bergan qo‘llanmada dorining dozirovkasi noto‘g‘ri ko‘rsatilgan, 1000 ME/10 ml o‘rniga 500 ME/10 ml.
 
Ma’lum bo‘lishicha, sotuvchilar O‘zbekistonda sotilayotgan shu xil doriga o‘xshash bo‘lishi uchun ishlab chiqaruvchini xabardor qilmasdan dorining etiketkasini o‘zgartirib qo‘yishgan. Bundan tashqari, sotuvchilar dorining yaroqlilik muddatini ham 2019 yil o‘rniga 2020 yil qilib o‘zgartirgan.
 
Hozirgi vaqtda dorining yaroqlilik muddatini aniqlash ishlari olib borilyapti.
 
Holat yuzasidan Gruziya bojxonsidan tovar olib o‘tish qoidalarini buzish moddasi bilan jinoiy ish ochilgan. Unga ko‘ra, jinoyatchi 4 yildan 7 yilgacha ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Hibsga olinganlar haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

Manba: qalampir.com


Matnda xatolik topsangiz, o‘sha xatoni belgilab, bizga jo‘nating (Ctrl + Enter)

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!